» » Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi

Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi


Qashqadaryo viloyatida o‘rmon xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (213-son, 12.03.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, Chiroqchi tumanida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi.

Mazkur o‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifasi, jumladan pista, bodom va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish, o‘rmonlarni tiklash, ihota o‘rmonzorlarini ko‘paytirish, eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish hisoblanadi.

Bundan tashqari qarorga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaliklaridagi 7 ming gektar hududda 2019–2020-yillarda pista, achchiq bodom, yong‘oq va chakanda (oblepixa) plantatsiyalari barpo etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют