» » Turkiya vazirini Niderlandiyadan Germaniyaga quvib yuborishdi

Turkiya vazirini Niderlandiyadan Germaniyaga quvib yuborishdi


Niderlandiya hukumati mamlakatga yer usti transporti orqali Germaniyadan kelib, Rotterdamdagi Turkiya bosh konsulxonasiga kirmoqchi bo‘lgan Turkiyaning oila va ijtimoiy siyosat masalalari bo‘yicha vaziri Fatma Betul Sayan Kaya mamlakatdan haydab yubordi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Barcha demokratik va umuminsoniy qadriyatlarni oyoqosti qilib, meni Niderlandiyaning Neymegen shahri orqali Germaniyaga yuborishmoqda. Butun Turkiya fuqarolari nomidan ushbu qarorni qoralayman”, — deb yozdi u Twitter’ga.

Vazir dunyo hamjamiyatini Niderlandiya hukumati xatti-harakatlariga reaksiya ko‘rsatishga chaqirdi va ularni “fashistlarga xos” deb atadi hamda ayol vazirga nisbatan bunday munosabat nomaqbul ekanligini aytdi.

Bu orada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning bir necha yuzlab tarafdorlari Rotterdamdagi Turkiya elchixonasi yaqinida aksiya o‘tkazdi. Namoyishchilarni tarqatish uchun mahalliy hukumat otliq politsiya va suv avtomatlarini ishga soldi.

Nashr eslatishicha, avvalroq Niderlandiya xavfsizlik yuzasidan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li rahbarligidagi Turkiya delegatsiyasi samolyotini qo‘ndirishga ruxsat bermagach, Fatma Betul Sayan Kaya Germaniyadan mashinada Niderlandiyaga yo‘l olgan edi. Chavusho‘g‘li Turkiyadagi konstitutsiya referendumiga bag‘ishlangan mitingda nutq so‘zlamoqchi edi.

Опубликовано: admin (12-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют