» » O‘zbekiston Qonunchilik palatasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘mita tuzilmoqda

O‘zbekiston Qonunchilik palatasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘mita tuzilmoqda


O‘zbekistonda keyingi paytlarda korrupsiyaga qarshi keskin kurashish hamda uning oldini olish borasida aniq choralar ko‘rilayotganiga qaramay, bunday salbiy holatlarga to‘liq barham berishga erishilganicha yo‘q. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashkil etilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Ushbu qo‘mitaga davlat organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki dasturlarni ishlab chiqib, hayotga tatbiq etish jarayoni ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda amaldagi qonun hujjatlarini ularda korrupsiyaga olib keluvchi normalarning mavjudligini aniqlash, tahlil qilish kabi qator vazifalar yuklatilyapti.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ertangi majlisi kun tartibiga yangi qo‘mitani tashkil etish masalasi ham kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют