» » Mozambikda suv toshqini: 66 kishi halok bo‘lgan

Mozambikda suv toshqini: 66 kishi halok bo‘lgan


Mozambikning markaziy va shimoliy qismlarida yuz bergan suv toshqini natijasida so‘nggi bir necha kun ichida 66 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

“Suv toshqini tufayli 66 kishi halok bo‘ldi. Hukumat rasmiylari yomg‘irning davom etishi va Idayning tropik siklonlari yaqinlashayotgani va payshanba yoki juma kuni mamlakatga yetib kelishi sababli qizil signal-xavotir rejimini joriy qildi”, — deydi Mozambik hukumatining rasmiy vakili Ana Komonoa.

Hukumatning aytishicha, suv toshqini 6000 uyni vayron qilgan, 140 mingga yaqin odam va 100 ming gektardan ziyod qishloq xo‘jaligiga zarar yetgan.

Hodisa yuzasidan Zambeziya va Tete provinsiyalarida aholini tezkor joylashtirish uchun 16 ta markaz ochilgan. Hukumat, shuningdek, siklondan zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan qirg‘oq aholisini evakuatsiya qilishni buyurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют