» » Xitoy elchisi Toshkentdagi litsey o‘quvchilari uchun ochiq dars o‘tkazdi

Xitoy elchisi Toshkentdagi litsey o‘quvchilari uchun ochiq dars o‘tkazdi


13-mart kuni Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan xonim Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litseyga tashrif buyurdi, deb yozadi O‘zA.

Elchi xonim litsey o‘quvchilari uchun “Xitoy madaniyati” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.

Unda Xitoy madaniyati, o‘ziga xos jihatlari, urf-odatlari, xitoy va o‘zbek xalqlari madaniyatining o‘xshash jihatlari haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi.

Tashkil etilgan davra suhbatida O‘zbekiston—Xitoy munosabatlarining hozirgi holati, istiqbolli kelajagi, o‘quvchilarning chet tillarini o‘zlashtirish darajalari, dunyo yangiliklaridan xabardorligi va xalqaro voqeliklarga befarq emasligi yuzasidan qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, elchi xonim litsey o‘quvchilarining mavzuga oid qiziqtirgan savollariga javob berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют