» » Xitoyda inson faoliyatining 38 ming yillik izlari topildi

Xitoyda inson faoliyatining 38 ming yillik izlari topildi


Xitoy arxeologlari Guychjou provinsiyasida mamlakat janubida 4 ming yildan 38 ming yilgacha bo‘lgan qadimiy odamlarning faoliyat izlarini topgan, deya xabar beradi “TASS”.

Qazilma ishlari provinsiyaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Yankun qishlog‘i atrofida Guychjou viloyati Madaniy meros va arxeologiya instituti xodimlari va Chendu shahrining (Sichuan viloyati ma’muriy markazi) madaniy meros va arxeologiya instituti vakillari bilan birgalikda 2017-yildan buyon amalga oshirilgan.

Arxeologik ishlar davomida olimlar tosh va shoxdan tayyorlangan keramika buyumlari va hayvon suyaklarining qismlarini topishga muvaffaq bo‘lgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, topilgan qismlar bu yerda yashagan qadimiy odamlar baliq va hayvonlarni ovlash bilan shuningdek yig‘ish ishlari bilan shug‘ullanganligini ko‘rsatmoqda.

Qazilma doirasida olimlar ikkita qabr topgan. Ta’kidlash joizki, bu zamonaviy Guychjou hududidagi eng qadimiy qabrlardir.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ularning tadqiqotlari natijasida qadimgi xalqlarning turmush tarzi, ularning iqlim sharoitlariga moslashish qobiliyati o‘rganiladi, bu esa mintaqada tarixiy madaniyatni rivojlanishni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют