» » Andijonda ichki ishlar xodimlari tomorqa va obodonlashtirish ishlarida aholiga ko‘maklashmoqda

Andijonda ichki ishlar xodimlari tomorqa va obodonlashtirish ishlarida aholiga ko‘maklashmoqda


Andijon viloyatida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yilning 22-fevralida o‘tkazilgan soliq konsepsiyasi ijrosi va tomorqadan samarali foydalanish va bahorgi ekin ekish ishlari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosi bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda ichki ishlar xodimlari ham faol ishtirok etmoqda, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Andijon tumanidagi 3-sektorga qarashli Cho‘nbog‘ish mahallasida tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari taalluqli idoralar, tuman fermer va dehqon xo‘jaliklari uyushmasi, mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlaridan iborat ishchi guruhlari a’zolari bilan xonadonlarga kirib, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, yangidan ish boshlash, tomorqa xo‘jaligini yanada rivojlantirish borasida yo‘l-yo‘riq maslahat berib, huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Juma masjidi ko‘chasida yashovchi 67 yoshli Ismoiljon Zulunov xonadonidagi 2 sotix ekin maydoniga sabzavot va ko‘katlarni ekib daromad topmoqda. Uning aytishicha, o‘tgan yilda olingan hosildorlik natijasida oziq-ovqatga sarflanadigan pul yaxshigina iqtisod qilingan va qurilish ishlariga sarflangan.

Ishchi guruh a’zolari o‘z tomorqasidan unumli foydalanmayotgan fuqarolar xonadonida ham bo‘lib, ularga ushbu mahallada yashovchi Mayramxon aya Holiqjonova va Fazliddin G‘oyibnazarovlarni namuna qilib ko‘rsatmoqda.

— Sektor qoshida tashkil etilgan ko‘ngilli guruhlar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va imkoniyati cheklangan fuqarolarning xonadonlarida obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarida ham ko‘maklashmoqda, — deydi tuman IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Jasur Xudoyberdiyev. — Tomorqalarda dehqonchilik va parrandachilik bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratib bermoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют