» » Ekspert: Qishloq kvotalari asosida universitetda tahsil olish imkoniyatini oshirish kerak

Ekspert: Qishloq kvotalari asosida universitetda tahsil olish imkoniyatini oshirish kerak


O‘zbekistonlik mutaxassis qishloq kvotalariga e’tibor berish oliy ta’lim tizimida samarali bo‘lishini aytib o‘tdi.

“Shaharlarimizning kengayishinga barham berib, shahar atroflari va qishloqlar aholi zichligini oshirsak, biz hayotning barqarorligi, samaradorligi va sifatini yaxshilashimiz mumkin”, — deydi “Daryo” kolumnisti, “Buyuk Kelajak” guruhi eksperti, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov.

Bunga sabab, shahar atrofi aholi zichligini oshirish nafaqat ko‘proq uy-joylar qurilishini, balki shahar madaniyatining kengayishi, o‘zaro munosabatlar ko‘lamining ko‘payishi va faoliyatlarning oshishi hamdir.

So‘nggi bir necha o‘n yillikda O‘zbekiston shaharlari markazlaridan tashqi tomonga qurilish davom etayotgan shaharlar cheti hududlari — “shahar aglomeratsiyalari”da yashash imkoniyati sharoitlari va barqarorligini oshirish uchun qoidalar ishlab chiqish lozim, deb hisoblaydi mutaxassis. Shaharlar aholisining zich joylashishi bir joydan boshqasiga yetib borish uchun kamroq vaqt sarflanishi, joyning behuda band qilinmasligi va markaziy manbalardan foydalanishning imkoniyati ko‘proq bo‘lishini anglatadi. Biroq shaharlarning jadal rivojlanishi odam sonining haddan ortiq ko‘payishi, atrof-muhitning ifloslanishi va shovqin darajasining oshishiga ham olib keladi va bu bilan “bularning baridan uzoqroqqa ketish” istagini tug‘diradi.

Shuningdek, yuqori malakali ekspert-mutaxxassislarning va savodli yosh avlodning yetishmasligi kabi yana bir muhim muammoga duch kelish mumkin. Qishloqlarda mutaxassislarning yetishmasligi masalasi dolzarbligi tufayli davlat qishloqdan kelgan abituriyentlar uchun muayyan imtiyozlar taklif qilishi lozim. Qishloqdan kelgan abituriyentlar uchun davlat hisobidan o‘qishga qabul bo‘lish uchun kirish ballari shaharlik abituriyentlar uchun qo‘yiladigan ballarga qaraganda pastroq bo‘lishi lozim. Tahsil tugagach, universitetdagi maxsus komissiya bitiruvchi 3 yil qaysi qishloqqa borib ishlab berishini belgilashi lozim. “Qishloq kvotasi” bo‘yicha tahsil olish grantlarini olgan talabalar tahsil tugagach qishloq hududlarida 3 yil ishlab berishlari kerak. Bu talab pedagogik, tibbiy va veterinar ixtisoslar bo‘limlarini bitiruvchilarga qo‘llanilishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют