» » London Brexit’dan so‘ng Yevroittifoq bankida saqlanayotgan 11 mlrd dollarni qaytarishni talab qiladi

London Brexit’dan so‘ng Yevroittifoq bankida saqlanayotgan 11 mlrd dollarni qaytarishni talab qiladi


Buyuk Britaniya Yevroittifoq tarkibidan chiqqach, hamjamiyatdan Yevropa investitsiya bankida saqlanayotgan 9 milliard funt sterling (11 milliard dollar)ni unga qaytarib berishni talab qiladi. Bu haqda The Sunday Times London va Bryussel o‘rtasida Brexit shartlari haqida muzokaralar boshlanishidan avval hukumat so‘rovi bilan qilingan ekspert-huquqiy xulosaga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Hukmron Konservativ partiyadan advokat Martin Xouv tomonidan tayyorlangan hujjatda ta’kidlanishicha, “hukumat nafaqat Bryusselga nimadir to‘lash uchun hech qanday huquqiy majburiyatlarga ega emas, balki Yevroittifoq ham Buyuk Britaniyaga uning Yevropa investitsiya banki kapitalidagi ishtiroki ulushini ham qaytarib berishi kerak”. Britaniyalik huquqshunoslarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bunda gap 9—10 milliard funt sterling haqida bormoqda.

Avvalroq OAVlar yevropalik muzokarachilarga tayanib, Yevroittifoq Londondan avvalroq o‘z bo‘yniga olgan majburiyatlar (xususan, Yevroittifoq amaldorlarining pensiya to‘lovlari bo‘yicha) sifatida 60 milliard funt sterling to‘lashni talab qilmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi. Keyinroq Britaniya gazetalari mamlakat bosh vaziri Tereza Mey uni to‘lash niyatida emasligi haqida yozgandi.

Опубликовано: admin (12-03-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют