» » Tramp Maduro va unga sodiq bo‘lganlarga qarshi har qanday vositani ishlatishga tayyorligi ma’lum bo‘ldi

Tramp Maduro va unga sodiq bo‘lganlarga qarshi har qanday vositani ishlatishga tayyorligi ma’lum bo‘ldi


AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati hali hamon Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va unga sodiq bo‘lgan shaxslarga qarshi har qanday usuldan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar beradi “TASS”.

AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo bu haqda Xyustondagi CERAWeyek konferensiyasida ma’lum qilgan.

“Qo‘shma Shtatlar prezidentining ta’kidlashicha, Venesuela xalqini ular munosib bo‘lgan demokratiya bilan ta’minlashga qaratilgan barcha yo‘llar ko‘rib chiqilmoqda. Shunda Venesuelaliklarning yana o‘z boyliklariga ega bo‘la oladigan yangi iqtisodiyotini quramiz”, —deydi Pompeo.

“Hozirda 50 mamlakat Maduroni noqonuniy deya tan olmoqda. Uning ketish vaqti keldi”, — deydi davlat kotibi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют