» » YChL. “Barselona” “Lion”ga 5 ta gol urib, chorak finalga chiqdi (video)

YChL. “Barselona” “Lion”ga 5 ta gol urib, chorak finalga chiqdi (video)


13-mart, chorshanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali javob o‘yinida “Barselona” o‘z uyida “Lion”ni qabul qildi.

Uchrashuvda kataloniyaliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida gollarga Leo Messi (2 ta), Filippe Koutinyo, Jerar Pike va Usmon Dembele mualliflik qilgan bo‘lsa, “Lion”ning yagona javob goli Tuzar hisobiga yozildi.

Shu tariqa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 5:1 hisobida g‘alaba qozongan “Barselona” chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

YChL

1/8 final javob o‘yini

Gollar:1:0 – 17, penalti Messi, 2:0 – 31 Koutinyo, 2:1 – 58 Tuzar, 3:1 – 78 Messi, 4:1 – 81 Pike, 5:1 – 86 Dembele.

Barselona – ter Shtegen, Pike, Alba, Serji Roberto (Nelson Semedu, 83), Langle, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 74), Koutinyo (Dembele, 70), Messi, Suares.

Lion – Antoni Lopesh (Gorjlen, 34), Marselo, Marsal, Mendi (Korne, 77), Denayer, Depay (Traore, 73), Tuzar, Fekir, Ndombele, Dyubua, Dembele.

Ogohlantirishlar: Marsal (33), Dembele (45), Langle (49).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 03:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют