» » Zilzila tufayli Toshkent xalqaro aeroportiga ikki samolyotning qo‘nishi kechiktirildi

Zilzila tufayli Toshkent xalqaro aeroportiga ikki samolyotning qo‘nishi kechiktirildi


14-mart kuni soat 02:33 da Toshkentda kuzatilgan 4 ballik zilzila chog‘ida poytaxt xalqaro aeroportiga ikki samolyot qo‘nishga hozirlik ko‘rayotgandi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” xabar bermoqda.

Ulardan birinchisi FlyDubai aviakompaniyasining Dubay — Toshkent yo‘nalishida parvoz qilgan Boeing 737-8KN samolyoti, ikkinchisi esa Uzbekistan airways milliy aviakompaniyasining Seul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti bo‘lgan.

Toshkent xalqaro aeroporti dispetcherlari tomonidan har ikki samolyot kutish zonasiga yo‘naltirilgan. Bu chora aeroport uchish-qo‘nish yo‘lagi samolyotlarning xavfsiz qo‘nishiga to‘sqinlik qiluvchi shikast yoki talafot yetmaganiga ishonch hosil qilish uchun qo‘llanil adi.

Bir necha daqiqalik kutishdan so‘ng ikki havo kemasi ham Toshkent aeroportiga eson-omon qo‘ndi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют