» » Kim Chen Inning akasini o‘ldirishda ayblanayotgan ayol hibsda qoldi

Kim Chen Inning akasini o‘ldirishda ayblanayotgan ayol hibsda qoldi


Malayziya sudi Kim Chen Inning akasini o‘ldirishda gumonlanayotgan Vyetnam fuqarosini ozod qilishdan bosh tortdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, uning ishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish davom etadi.

Avvalroq sudya Kim Chen Namni o‘ldirishda gumonlanayotgan indoneziyalik yana bir fuqaroga qarshi barcha ayblovlarni bekor qilgan edi. Shu bilan birga, Femida xizmatchisi sudda uning aybsizligini tasdiqlovchi dalillar ham yo‘qligini ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning fevral oyida ikki ayol Kuala-Lumpurdagi aeroportda Kim Chen Namga hujum qilib, uning yuziga tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan yog‘ surtgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют