» » “Lokomotiv” Eronning “Istiqlol” klubiga qarshi o‘yinda ishtirok etish uchun ham charter reysga buyurtma berdi

“Lokomotiv” Eronning “Istiqlol” klubiga qarshi o‘yinda ishtirok etish uchun ham charter reysga buyurtma berdi


Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi 13-mart kuni Osiyo Chempionlar ligasining 3-turida maydonga tushadi. Raqib Eronning “Istiqlol” klubi.

Dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 da start oladigan bellashuvda ishtirok etish uchun “temiryo‘lchilar” Tehron safariga yakshanba kuni ertalab — 10:00 da parvoz qildi. “Championat.asia” nashrining aniqlik kiritishicha, “Lokomotiv” buning uchun charter reys buyurtma bergan. Avvalroq O‘zbekiston chempioni “At-Taavun”ga qarshi o‘yin uchun Saudiya parvoziga ham charter reys buyurtma bergandi.

“Istiqlol”ga qarshi uchrashuv Tehrondagi mashhur “Ozodiy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda har ikki klub hisobida 3 tadan ochko bor.

“Lokomotiv” Saudiyada 0:1 hisobida yengilib, o‘z maydonida Amirliklarning “Al-Ahli” klubini 2:0 hisobida taslim qilgandi. “Istiqlol” esa safarda “Al-Ahli”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. 2-turda “At-Taavun”dan ustun kelgan — 3:0. To‘plar nisbatiga ko‘ra fors klubi “Lokomotiv”dan yaxshiroq natija qayd etib turibdi.

Опубликовано: admin (12-03-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют