» » O‘zbekistonda yana bir ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

O‘zbekistonda yana bir ko‘krak nishoni ta’sis etiladi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Ko‘krak nishoni bilan jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini

yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlari taqdirlanadi.

Nishon O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga ham berilishi mumkin.

Ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi har yili 8 dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni bayrami arafasida topshiriladi.

Taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют