» » Hindistonda 16 yil ochlik e’lon qilib yashagan aktivist ayol saylovda 90 ta ovoz to‘pladi

Hindistonda 16 yil ochlik e’lon qilib yashagan aktivist ayol saylovda 90 ta ovoz to‘pladi


Qariyb 16 yil davom etgan ochlik aksiyasini o‘tgan yili yakunlagan hindistonlik aktivist ayol Irom Sharmila Manipur shtatining qonun chiqaruvchi majlisiga saylovlarda bor-yo‘g‘i 90 ta ovoz to‘plab, qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Sharmila saylovda o‘zining “Xalq tiklanishi va adolat partiyasi” nomidan shtatning amaldagi bosh vaziri Okram Ibobi Singx bilan bitta okrugda qatnashdi.

Ovozlarning yakuniy hisob-kitoblariga ko‘ra, Sharmila atigi 90 ta ovoz to‘pladi, Singxga esa 18,5 ming kishi ovoz berdi. Sharmila boshqa bir nechta nomzoddan keyingi o‘rindagina joylashdi.

Sharmila bunday natijani kutmaganini va saylovlarda boshqa ishtirok etmoqchi emasligini aytdi.

“Men o‘z nomzodimni ilgari surganimdan uyalmayapman, lekin menga saylovlar yetadi, kelajakda boshqa qatnashmayman. Ammo mening partiyam o‘z faoliyatini davom ettirishini istayman”, — dedi Sharmila.

Irom Sharmila 2000-yil 5-noyabrda 28 yoshida qurolli kuchlarning maxsus vakolatlari to‘g‘risidagi qonunning bekor qilinishiga erishish niyatida ochlik e’lon qilgan edi. Aktivist ayol bahsli qonun bekor qilinmagunicha ovqat yeyish, suv ichish, soch tarash va oynaga qarashdan bosh tortdi. Ammo uch kundan keyinoq uni “o‘z joniga qasd qilishga urinish”da ayblab, hibsga olishdi. Ayolning sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli, hukumat unga nisbatan majburan oziqlantirish protsedurasidan foydalandi.

Опубликовано: admin (12-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют