» » Yevropa Chempionlar Ligasining barcha 1/4 finalchilari ma’lum bo‘ldi

Yevropa Chempionlar Ligasining barcha 1/4 finalchilari ma’lum bo‘ldi


13-mart, chorshanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining so‘nggi 2 ta javob uchrashuvidan so‘ng chorak final ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.

“Barselona” o‘z maydonida “Lion”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, dastlabki o‘yin durang natija bilan yakunlangandi (0:0). Natijada kataloniyaliklar musobaqaning keyingi bosqichiga chiqdi.

Angliyaning “Liverpul” jamoasi ham 1/4 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoa Myunxenda bo‘lib o‘tgan bellashuvda “Bavariya” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlabki o‘yinda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolingandi (0:0).

Quyida Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘l olgan jamoalar nomi keltiriladi:

“Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Tottenhem” (barchasi Angliya klublari), “Yuventus” (Italiya), “Barselona” (Ispaniya), “Portu” (Portugaliya), “Ayaks” (Niderlandiya).

Ma’lumot uchun, 15-mart, juma kuni musobaqaning 1/4 finali juftliklarini aniqlash uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют