» » “Ipak Yo‘li” banki Master Card tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ymoqda

“Ipak Yo‘li” banki Master Card tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ymoqda


2019-yilning uchinchi kvartalidan boshlab “Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki Master Card tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bank vakillarining xabar berishlaricha, hozirgi kunda kerakli texnik tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

“2018-yilda biz to‘lov tizimida prinsipial, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri a’zolikni qo‘lga kiritdik. Hozirgi kunda ekvayringni Master Card standartlariga moslash jarayonini olib bormoqdamiz. Ekvayringni o‘zimizning terminal va bankomatlar tarmog‘ida uchinchi kvartalda ishga tushirishni rejalashtirganmiz”, – deb ta’kidladi ulgurji biznesni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Umid Ismoilov.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil noyabrida “Ipak Yo‘li” banki o‘zining keng bankomat tarmog‘ini yaratish bo‘yicha loyihaga qo‘l urgan edi. Hozirgi kunda ushbu bankomatlar Visa va Union Pay xalqaro kartalariga xizmat ko‘rsatishmoqda.

Bank mutasaddilarining fikricha, Master Card ekvayringini yo‘lga qo‘yilishi xalqaro kartalarga xizmat ko‘rsatish bozorini qamrab olishga imkon beradi, negaki O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlarning 50% aynan shu tizimdagi kartalardan foydalanishadi.

Shu bilan birga “Ipak Yo‘li” banki Master Card kartalarini emissiya qilishni rejalashtirgan.

Ushbu loyiha 2019-yilning to‘rtinchi kvartalida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют