» » Sizni tetiklantiruvchi bahorgi yumushlar

Sizni tetiklantiruvchi bahorgi yumushlar


Agar hali ham qish uyqusidan uyg‘onmagan bo‘lsangiz, bu maqola siz uchun.

Yangi yil boshlanishida berilgan va’dalarni bajarish vaqti keldi. Agar siz yangi yilda bajariladigan ishlar ro‘yxatini tuzmagan bo‘lsangiz yoki bu ro‘yxat sizga yoqmay qolgan bo‘lsa, u holda uni yangidan tuzish va bajarishni boshlashga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi.

Bozorda sabzavotlar va mevalar supermarketlarga qaraganda bir muncha arzonroq, shirinroq va foydaliroqdir. Rozmarin, petrushka va yalpizlarni esa derazatokchada o‘zingiz ham o‘stirishingiz mumkin.

Yozgacha hali uch oy bo‘lishiga qaramasdan yozgi ta’tilda qayerga borishni rejalashtiring. Balki yo‘l chiptalarini ham oldindan arzonroq narxlarda sotib olish ham mumkindir.

Qishki kiyimlarni yengilrog‘iga almashtirish vaqti keldi. Puxovik va sviterlaringizni kimyoviy tozalashga topshiring, keyin esa ularni paketlarga o‘rab shkaflarga joylashtiring. Etik va issiq poyafzallarni tartib bilan yig‘ishtiring, qo‘lqop va shapkalarni kuzda olishga oson qilib o‘rang va joylashtiring. Kiyim shkafidagi keraksiz buyumlarni birorta nochor kishiga bersangiz ham bo‘ladi.

Jiddiy o‘zgarish kiritish yoki yangi parda sotib olish shart emas: divan yostiqlari joyini o‘zgartiring, ramkadagi fotosuratlarni yangisiga almashtiring va nihoyat, archani yig‘ishtirib oling.  Jurnal stolchasi ustidagi lolalar bahoriy kayfiyat yaratadi, yig‘ishtirish jarayoni esa harakatlanish imkonini beradi va muammolardan chalg‘itishga yordam beradi.

Manba: Wonderzine materiallari asosida

Опубликовано: admin (12-03-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют