» » Yevropa Ligasida bugun 1/4 final ishtirokchilari ma’lum bo‘ladi

Yevropa Ligasida bugun 1/4 final ishtirokchilari ma’lum bo‘ladi


14-mart, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/8 finalining barcha javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Londonning “Chelsi” klubi safarda Kiyevning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Eslatib o‘tamiz, “aristokratlar” birinchi o‘yinda kiyevliklarni yirik hisobda mag‘lub etgandi (3:0).

Italiya chempionatida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Napoli” klubi Avstriyaning “Zalsburg” jamoasi maydoniga safar qiladi. Ta’kidlash joiz, neapolliklar 1/8 finalning dastlabki uchrashuvida “Zalsburg”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Ikkala o‘yin ham Toshkent vaqti bilan soat 22:55 da boshlanadi.

Angliya premyer ligasining 30-turida “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etgan (2:0) “Arsenal” klubi “Emireyts” stadionida Fransiyaning “Renn” jamoasini qabul qiladi. Ma’lumot uchun, “to‘pchilar” “Renn” maydonida kechgan bellashuvda 1:3 hisobida yutqazgandi.

Luchano Spaletti boshqaruvidagi Milanning “Inter” klubi “Juzeppe Meatssa”da Germaniyaning “Ayntraxt” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Ma’lumot uchun, musobaqaning dastlabki bahsida tomonlar durang natija qayd etdi. Ikkala uchrashuv tungi soat 01:00 da start oladi.

Yevropa Ligasi

1/8-final bahslari

14-mart, payshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют