» » Toshkentda yil yakuniga qadar ko‘p qavatli uylarning eskirgan liftlari yangilanadi

Toshkentda yil yakuniga qadar ko‘p qavatli uylarning eskirgan liftlari yangilanadi


Aholining turmush darajasini yaxshilash, ularga yanada qulayliklar yaratish davlat siyosati darajasidadir. Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtdagi turar-joy obyektlaridagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda, deb yozadi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Xususan, joriy yilda ko‘p qavatli uy-joylarga zamonaviy liftlarni o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.

Lift uskunalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan ko‘p qavatli uy-joy fondiga lift uskunalarini tarmoq jadvali asosida belgilangan muddatlarda yetkazib berish, mazkur ishlarni moliyalashtirish uchun Toshkent shahar mahalliy budjetidan 23 884,4 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning sentabr oyiga qadar Toshkent shahridagi 132 ta eskirgan lift “Tashaffus” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi zamonaviy liftlarga almashtiriladi.

Mazkur ishlarni amalga oishirish 1-aprel kunidan boshlanishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют