» » Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Afg‘oniston elchisini qabul qildi

Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Afg‘oniston elchisini qabul qildi


Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Afg‘onistonning Favqulodda va muxtor elchisi Sayid Shahobuddin Timuriyni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda Afg‘oniston elchisining samarali faoliyati qayd etildi va ikki tomon munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi yuksak baholandi.

Vazir O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, afg‘on muammosini hal qilish va muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Sayid Shahobuddin Timuriy o‘z navbatida O‘zbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli bajarilishida yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют