» » Yaponiyalik mutaxassislar Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazida bo‘ldi

Yaponiyalik mutaxassislar Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazida bo‘ldi


Nukusdagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazida Yaponiya delegatsiyasi vakillari — Kioto universiteti profescori, Suv resurslarini o‘rganish markazining mutaxassisi Kenji Tanakani va Toxoku universiteti dotsenti, sun’iy yo‘ldosh kuzatuvi bo‘yicha mutaxassis Yoshiya Toge bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yapon delegatsiyasini Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari hududiy vakolatxonasi rahbari, professor Kristina Toderich qabul qildi.

Uchrashuv Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazining ishlab chiqarish maydonida bo‘ldi. Yaponiyalik mehmonlar markaz ko‘chatxonasida yetishtirilayotgan tuz va qurg‘oqchilikka chidamli nihollarni ko‘zdan kechirdi.

Yaponiyalik olimlar Kristina Toderich ishtirokida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Jumladan, Mo‘ynoq tumanida gidrometeopost tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, Orol dengizining qurib qolgan tubidagi sho‘r tuproqdan tuz va gerbetsidlarni chiqarib tashlashga yordam beruvchi texnologiyani yaratish hamda muqobil energiya hisobidan ishlovchi issiqxona qurish imkoniyatlari muhokama etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют