» » Yangi Zelandiyadagi ikki masjidda uyushtirilgan otishmada 27 kishi halok bo‘ldi

Yangi Zelandiyadagi ikki masjidda uyushtirilgan otishmada 27 kishi halok bo‘ldi


Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikki masjidda uyushtirilgan otishmada kamida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Qurollangan kishilar shahardagi “An-Nur” va “Linvud” masjidlariga juma nomozidan so‘ng kirib borgan. Shundan so‘ng chiqish eshiklarini yopib, nomozxonlarga qarata o‘t ochgan. Bu payt masjidlarda tegishli ravishda 200 va 300 kishi bo‘lgan.

Shahar kasalxonalariga kamida 30 kishi yetkazilgani bildirilmoqda.

Mahalliy politsiya hujum qilganlardan biri qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Shahar aholisidan uylarini tark etmaslik so‘ralgan, maktablardagi mashg‘ulotlar bekor qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют