» » Qirg‘iziston hukumati Tojikiston bilan chegaradosh ikki qishloq aholisini evakuatsiya qildi

Qirg‘iziston hukumati Tojikiston bilan chegaradosh ikki qishloq aholisini evakuatsiya qildi


14-mart kuni Qirg‘iziston hukumati Qirg‘iziston—Tojikiston chegarasida yuz bergan to‘qnashuvdan so‘ng ikki chegara qishloqlaridagi aholini evakuatsiya qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qirg‘izistondagi Batkent viloyatining Oqsoy va Ko‘ktosh qishlog‘i aholisi avtobuv va yengil mashinalarda Batken shahriga yetkazilgan. Ular litsey binosida va turar joy binosining biriga joylashtirilgan.

Shuningdek, Batkent viloyatida Qirg‘iziston va Tojikiston vazir o‘rinbosarlari rahbarligida ikki tomonlama muzokara o‘tkazilgan.

Mojaro 13-mart kuni, chegaraga yaqin hududda joylashgan qishloq aholisi o‘rtasida yuz berib, unga Ko‘ktosh—Oqsoy—Tamdik yo‘li qurilishi sabab bo‘lgan. Oqibatda bir nafar Qirg‘iziston fuqarosi jarohat olgan va Samarqandek qishlog‘i shifoxonasiga joylashtirilgan. Batken chegara otryadi shaxsiy tarkibi kuchaytirilgan tartibda chegara muhofazasiga o‘tkazilgan.

Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari telefon orqali muloqot qilib, chegarada yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilgan. Tomonlar xolis tekshiruv o‘tkazish va kelgusida bunday voqealar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘shma komissiya tuzish zarurligini qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют