» » Jizzax neftni qayta ishlash zavodi qurilishi to‘xtatildi

Jizzax neftni qayta ishlash zavodi qurilishi to‘xtatildi


O‘zbekiston Jizzax neftni qayta ishlash zavodini qurish loyihasini to‘xtatdi. Bu haqda “Neftgazinvest” kompaniyasi direktori o‘rinbosari Husniddin To‘rayev ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“Jizzax neftni qayta ishlash zavodini qurish loyihasini amalga oshirish konsepsiyasi qayta ko‘rib chiqildi. Birinchi galda mavjud zavodlar — Farg‘ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari modernizatsiyasiga e’tibor qaratishga qaror qilindi. Xususan, 2013—2014-yillarda ushbu zavodlar modernizatsiyasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar tayyorlab bo‘lingan. Hozirgi vaqtda modernizatsiya uchun salohiyatli litsenziarlar bilan muzokaralarni boshladik”, — deydi Husniddin To‘rayev.

Ushbu ikki zavodni modernizatsiya qilish hisobiga Evro-5 standartiga muvofiq neft mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. “Neftgazinvest” kompaniyasi direktori o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, hozirda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida investorlarni jalb etish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Bu ishlar amalga oshirilgach, Jizzax neftni qayta ishlash zavodini qurish masalasini ko‘rib chiqish davom etadi”, — degan u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют