» » FIFA bugun klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yangi formatini tasdiqlashi mumkin

FIFA bugun klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yangi formatini tasdiqlashi mumkin


15-mart, juma kuni FIFA kengashi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yangi formatini tasdiqlashi mumkin. Bu haqda AP xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yangi formatda musobaqa 2021-yilning 17-iyunidan 4-iyuliga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. U Konfederatsiyalar kubogining o‘rniga o‘tkaziladi. Xabar qilinishicha, avvalroq musobaqaning kengaytirilgan formatini 6 ta konfederatsiyaning 5 tasi qo‘llab-quvvatlagan. Hozircha UEFAning roziligi olinmagan.

Yangi formatda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalar soni 24 tagacha ko‘paytirilishi mumkin. Musobaqada Yevropadan 8 ta, Janubiy Amerikadan 6 ta, Afrika, Osiyo va KONKAKAFdan bittadan jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan. Okeaniyadan ham bitta klub mazkur musobaqaga chaqiriladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют