» » Toshkentda “Flamingo” restorani oldidagi yer maydoniga egalik qarori uchun 540 ming dollar olgan firibgarlar ushlandi

Toshkentda “Flamingo” restorani oldidagi yer maydoniga egalik qarori uchun 540 ming dollar olgan firibgarlar ushlandi


Joriy yil 14-mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBga o‘ta katta miqdordagi firibgarlik holati yuzasidan hujjatlar kelib tushdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Yunusobod tumanida yashovchi K.A. va Shayxontohur tumanida yashovchi T.J. fuqaro M.R.ga Chilonzor tumanidagi “Flamingo” restorani oldidagi bo‘sh yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berishni va’da qilgan.

Ular 2017-yil sentabr oyidan 2018-yil noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida undan 540 000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni ham qaytarib bermagan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.A. va T.J. qo‘lga olindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют