» » Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirabror Usmonov xonadoniga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirabror Usmonov xonadoniga tashrif buyurdi


15-mart, juma kuni vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, davlat va jamoat arbobi Mirabror Usmonov xonadoniga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurib, marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev marhum xonadoniga tashrif buyurib, rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi. Qur’on tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi.

Mirabror Usmonov mustaqilligimizning og‘ir-yengil kunlarini tortgan, xalqimizga, Vatanimizga katta xizmatlar qilgan ulug‘ inson edi. Odamlarga qo‘lidan kelgancha yaxshilik qilardi. Oilasiga, yurtiga, davlatga sadoqatli edi. Keyingi paytlarda sog‘ligi yaxshi bo‘lmasa ham Senatning hamma majlislarida qatnashishga harakat qildi, foydam tegsin derdi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Ma’lumot uchun, Mirabror Zufarovich Usmonov 1947-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ko‘p yillar iqtisodiyot, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida turli lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan, 1994—2005-yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari sifatida iste’mol mollari ishlab chiqarish va savdo tarmoqlariga rahbarlik qilgan.

Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidagi ko‘p yillik faoliyati davomida bilimi, katta hayotiy tajribasi bilan qonunlar ishlab chiqilishida faol ishtirok etdi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti sifatida mamlakatimizda sportni rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.

Mirabror Usmonovning ko‘p yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, “Mehnat shuhrati”, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” va “Do‘stlik” ordenlari hamda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют