» » Urganchda serjantlar forumi bo‘lib o‘tdi

Urganchda serjantlar forumi bo‘lib o‘tdi


Xorazm viloyati Urganch shahrida Milliy gvardiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi serjantlar forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Milliy gvardiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yoshlar markazida o‘tkazilgan ushbu forumda Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrug hududida joylashgan Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari, Bojxona qo‘mitasida xizmat o‘tayotgan serjantlar va Yoshlar ittifoqining “Fidokor yoshlar” a’zolari, shuningdek davlat mukofoti bilan taqdirlangan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik a’lochilari ishtirok etdi.

Forumda serjantlar tomonidan bir qator xorijiy davlatlar serjantlari faoliyatining ilg‘or namunalarini bayon etuvchi ma’lumotlar keltirilib, kelgusi faoliyatda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan islohotlar, yangiliklar, takliflar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.Fidokor yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar va duch kelgan muammoli vaziyatlarga to‘g‘ri yo‘nalishda maslahatlar oldi.

Forum yakunida Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqining bir maqsad o‘zaro hamkorlik, birdamlik bilan qo‘yilgan qadamni o‘zida aks ettiruvchi “Birdamlik zanjiri” bog‘landi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют