» » O‘zbekistonda armiya qo‘l jangi chempionati o‘tkazildi

O‘zbekistonda armiya qo‘l jangi chempionati o‘tkazildi


O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport majmuasida Armiya qo‘l jangi bo‘yicha shu yilda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar do‘stona armiyalarining spartakiadasi doirasida o‘tkaziladigan armiya qo‘l jangi chempionatiga saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda barcha harbiy okruglar, Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari hamda toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonliklari, shuningdek, respublikamizdagi oliy harbiy ta’lim muassasalari vakillari o‘zaro bellashdi.

Musobaqa 7 ta — -65 kg, -70 kg, - 75 kg, - 80 kg, - 85 kg, - 90 kg hamda 90 kilogrammdan yuqori vazn toifasida uch bosqichda (dastlabki — saralash, yarim final va final) o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi pog‘ona esa Markaziy harbiy okrugi jamoasiga nasib etdi. Chempionatning mutlaq g‘olibiga Toshkent harbiy okrugi harbiylari ega chiqdi.

G‘olib va sovrindorlar diplom, faxriy yorlik hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash kerakki, o‘tgan yili Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar do‘stona armiyalarining spartakiadasi doirasida Toshkentda o‘tkazilgan Armiya qo‘l jangi chempionatida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Bu yilgi xalqaro darajadagi musobaqa Qozog‘istonda o‘tkazilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют