» » Toshkentda bo‘sh yer maydoniga egalik huquqini olib berishni va’da qilib, fuqaroning 540 ming dollarini olib qo‘yishdi

Toshkentda bo‘sh yer maydoniga egalik huquqini olib berishni va’da qilib, fuqaroning 540 ming dollarini olib qo‘yishdi


Joriy yilning 14-mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Yunusobod tumanida yashovchi K.A. va Shayxontohur tumanida yashovchi T.J.lar fuqaro M.R.ga Chilonzor tumanidagi “Flamingo” restorani oldidagi bo‘sh yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berishni va’da qilib, 2017-yil sentabr oyidan 2018-yil noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida undan 540 000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni ham qaytarib bermagan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.A. va T.J.lar qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют