» » Samarqandda 484 nafar profilaktika inspektori pul mukofoti bilan taqdirlandi

Samarqandda 484 nafar profilaktika inspektori pul mukofoti bilan taqdirlandi


Samarqandda o‘ziga biriktirilgan mahalla hududida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymay, jinoyatlarni kamayishiga erishgan hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ijobiy natijalarga erishgan 484 nafar profilaktika inspektori 1 million so‘mdan, 60 nafar mahalla faoli, jamoatchilik vakillari esa 800 ming so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Samarqand viloyatida joriy yilning 2 oyi davomida, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida hamkorlikda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida, mavjud 1087 ta mahallaning 940 tasida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Tantanali tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligida viloyat rahbarlari ishtirok etdi.

Oldinroq Qashqadaryo va Farg‘onada profilaktika inspektorlari, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari taqdirlangani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют