» » O‘zbekiston Oliy sudi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati o‘rtasida bitim imzolandi

O‘zbekiston Oliy sudi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati o‘rtasida bitim imzolandi


O‘zbekiston Oliy sudi rahbariyati Toshkentda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo”ga Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov mehmonlarni tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, inson huquqlarini ta’minlash borasidagi yangi imkoniyatlar, xalqaro hamkorlik aloqalari bilan tanishtirdi.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati rahbari York Pudelka O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlarga yuqori baho berdi.

Uchrashuvda o‘tgan davr mobaynida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka ko‘maklashish” dasturi ko‘magida amalga oshirilgan tadbirlar natijalari sarhisob qilinib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Mazkur bitim O‘zbekistonda sudlar faoliyatini isloh qilish va takomillashtirishdagi dolzarb muammolar muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya, davra suhbatlari va treninglar o‘tkazish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida rivojlangan mamlakatlarga xizmat safarlari uyushtirish, sud amaliyotiga oid maxsus adabiyotlarni tayyorlash va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют