» » Rossiyada O‘zbekiston bo‘ylab sayohat uchun mo‘ljallangan mobil ilova taqdim etildi

Rossiyada O‘zbekiston bo‘ylab sayohat uchun mo‘ljallangan mobil ilova taqdim etildi


Rossiyaning Appreal Group kompaniyasi “Mir” teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda TopTripTip Uzbekistan elektron turistik yo‘lko‘rsatkichini taqdim etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar berdi.

U Android va iOS bazasida ishlovchi smartfonlarda foydalanish uchun mo‘ljalangan. Ilova O‘zbekistonning turistik salohiyati, tarixiy obidalari va asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot olish imkonini beradi.

Ma’lumotlar mamlakat mintaqalari bo‘yicha taqsimlangan, interaktiv qidiruv tizimi ham mavjud. Jumladan, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan yirik tadbirlar, eng yaxshi mehmonxonalar, restoranlar haqida bilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют