» » Niderlandiya politsiyasi Turkiyaning Rotterdamdagi konsulligi binosi oldida to‘plangan namoyishchilarni tarqatib yubordi

Niderlandiya politsiyasi Turkiyaning Rotterdamdagi konsulligi binosi oldida to‘plangan namoyishchilarni tarqatib yubordi


Niderlandiya politsiyasi Turkiyaning Rotterdam shahridagi konsulligi binosi oldida to‘plangan namoyishchilarni tarqatib yubordi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Avvaliga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning ikki mingga yaqin tarafdori huquq-tartibot xodimlari tomonidan diplomatik vakolatxonadan tinch yo‘l bilan tarqatib yuborildi.

Biroq Turkiya oila va ijtimoiy siyosat vaziri Fotima Betul Sayan Kaya yig‘ilganlar oldida chiqish qilmay, Rotterdamni tark etishga majbur bo‘lgani haqidagi xabardan so‘ng namoyishchilar yana konsullik binosi oldida to‘plandi va politsiyachilarga turli buyumlar uloqtirdi.

Bunga javoban politsiya kuch ishlatishga majbur bo‘ldi va bir necha namoyishchini qo‘lga oldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-03-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют