» » Nikolay Baskov: Yulduz Usmonovaning qo‘shig‘ini eshitsam osh yegandek bo‘laman

Nikolay Baskov: Yulduz Usmonovaning qo‘shig‘ini eshitsam osh yegandek bo‘laman


Humo Arena ko‘p tarmoqli muz saroyining ochilish marosimida qator o‘zbek estradasi vakillari, shuningdek taniqli rossiyalik xonandalar Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov va Dima Bilan qo‘shiq kuyladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Tadbir davomida Nikolay Baskov O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlarini maroq bilan tinglashini o‘ziga xos tarzda ma’lum qildi.

Baskov ochilish marosimida nafaqat xonanda, balki dastur boshlovchisi vazifasini ham bajardi. U suxandon Dildora Rustamova bilan birgalikda sahnada qo‘shiq kuylovchi xonandalarni e’lon qilib turdi.

Yulduz Usmonova “Sabo bo‘lib”, “Qirolichaman” va “Sanamgina” kabi qo‘shiqlarini ijro etdi. U so‘nggi qo‘shiqni ijro etib, sahnani tark etayotganida boshlovchilik vazifasini bajarayotgan Nikolay Baskov Usmonovaga qarata: “Har gal sizning qo‘shiqlaringizni tinglasam, o‘zimni o‘zbek palovini yeyayotgandek his etaman”, dedi.

Yulduz Usmonova hamkasbining mulozamatiga kulib minnatdorchilik bildirib, sahnani tark etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют