» » Angliya Kubogi. “Man Yunayted” va “Man Siti” bugun yarim final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi

Angliya Kubogi. “Man Yunayted” va “Man Siti” bugun yarim final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi


16-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 1/4 finali bahslariga start beriladi.

Angliya premyer ligasida yetakchilik qilayotgan “Manchester Siti” safarda “Suonsi”ni sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:20 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar” musobaqaning nimchorak bahsida Angliyaning 3-divizionida to‘p suradigan “Nyuport Kaunti”ni mag‘lubiyatga uchratgandi (4:1).

Shu kuni Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” klubi mehmonda “Vulverhempton” bilan bahsga kirishadi. Bellashuv tungi soat 00:55 da start oladi.

Ta’kidlash joiz, “qizil iblislar” mazkur musobaqaning 1/8 finalida Londonning “Chelsi” jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Angliya Kubogi

1/4 final bahslari

16-mart, shanba

17-mart, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют