» » La Liga. Zidan boshliq “Real Madrid” bugun “Selta”ni qabul qiladi

La Liga. Zidan boshliq “Real Madrid” bugun “Selta”ni qabul qiladi


15-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 28-tur bahslari boshlandi.

Turning dastlabki o‘yinida “Real Sosyedad” o‘z maydonida “Levante” jamoasini qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.

16-mart, shanba kuni Zinedin Zidan boshliq Madridning “Real” klubi “Santyago Bernabeu”da “Selta”ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv soat 20:15 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, “Qirollik klubi” 11-mart kuni Santyago Solarini iste’foga chiqarib, uning o‘rniga sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanni tayinlagandi.

Shu kuni Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida “Yuventus”ga mag‘lub bo‘lgan Madridning boshqa bir klubi “Atletiko” “Atletik Bilbao” maydoniga safar qiladi. O‘yin 22:30 da boshlanishi belgilangan.

17-mart, yakshanba klubi turning so‘nggi uchrashuvida Lionel Messi yetakchiligidagi Kataloniyaning “Barselona” jamoasi mehmonda “Betis”ni sinovdan o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, “ko‘k-anor ranglilar” 63 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda.

27-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

28-tur bahslari

15-mart, juma

Gollar: 1:0 – 26 Yanuzay, 1:1 – 79 Mayoral.

16-mart, shanba

17-mart, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют