» » Vazirlar Mahkamasi huzurida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasi huzurida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etildi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan:

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi;

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK tashkil etildi.

Quyidagilar inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holati ustidan nazoratni amalga oshirish;

eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don ekinlari, paxta xom ashyosi, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan o‘tkazish;

huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish.

Inspeksiyani Prezident tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan boshliq boshqaradi va inspeksiya bevosita hukumatga hisobdordir.

Inspeksiya boshlig‘i mehnatiga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazirga, inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosarlari vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Eslatib, o‘tamiz, Prezident farmoniga ko‘ra Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tashkil etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют