» » Toshkentda harbiy saf qo‘shiqlari bo‘yicha aksiyaga start berildi

Toshkentda harbiy saf qo‘shiqlari bo‘yicha aksiyaga start berildi


Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani o‘quvchi yoshlari o‘rtasida harbiy saf qo‘shiqlari tanlovi o‘tkazilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tanlovga 15-mart kuni start berilgan bo‘lib, g‘olib jamoa 15-aprel kuni aniqlanadi.

Ta’kidlash kerakki, Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi o‘rtasida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini yanada oshirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tashqivot va targ‘ibot guruhlari tuzilgan. Mazkur guruhlarda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok etmoqda.

“Tumanda 4 ta sektor mavjud bo‘lib, saf qo‘shiqlari aksiyasida har bir sektordan 2 tadan jamoa ishtirok etadi. Hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib deya topilgan jamoa Mudofaa vazirligi tomonidan munosib taqdirlanadi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют