» » Video: Bayroq o‘rnatish uchun kuchli shamol bilan kurashayotgan meteorolog

Video: Bayroq o‘rnatish uchun kuchli shamol bilan kurashayotgan meteorolog


Amerika meteorologiya rasadxonasi o‘z xodimining bayroq o‘rnatish uchun kuchli shamol bilan kurashayotgan videolavhasini Facebook’dagi sahifasiga yukladi, deb xabar bermoqda TJournal.

Bir daqiqa davomida meteorolog 1 metrga bo‘lsa ham oldinga siljishga harakat qildi. Ikki marta yiqilganiga qaramay, o‘rnidan turib kuchli shamolga qarshi kurashni davom ettiraverdi, ammo uning keyingi harakatlari ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, videolavha suratga olingan kuni shamol tezligi soniyasiga 44 metrni tashkil qilgandi. Foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan savollarga javob bergan meteorologlar ekstremal shamol vaqtida metall trosslar yordamida harakatlanishi haqida aytib o‘tdi.

Biroq odamni uchirib yuborishga qodir bo‘lgan shamol paytida shamol bayroqchasini o‘rnatishning nima keragi bor ekani haqidagi savol javobsiz qoldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-03-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют