» » Chinozdagi xonadondan 49 yoshli fuqaroning o‘ligi topildi

Chinozdagi xonadondan 49 yoshli fuqaroning o‘ligi topildi


15-mart kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumani “Rasulobod” mahallasida yashagan 49 yoshli R.G‘.ning jasadi uyidan tan jarohatlari bilan topilgan edi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida R.G‘. 14-mart kuni uyida tanishi, “Rasulobod” mahallasi Do‘stlik ko‘chasida yashovchi M.Sh. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘zaro janjallashgani aniqlangan.

Janjal oqibatida M.Sh. R.G‘.ni tanasining turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazganligi aniqlanib, ushlangan. “Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют