» » “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Madaniyat vazirligini keskin tanqid qildi

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Madaniyat vazirligini keskin tanqid qildi


O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Sarvar Otamurodov so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy partiyalar xususida bildirilgan fikrlar va boshqa muammolarga munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

“Ikki kun avval ko‘rdim: ‘Siyosiy partiyalar nima ish qilayapti, nimani hal qilishdi?’, ‘Umuman partiyalar nima kerak o‘zi?’, kabi savollarni. Tan olish kerak, so‘nggi ikki yil ichida hayot umuman o‘zgarib ketdi. Ochig‘ini aytaman, oldinlari siyosiy partiyalarni hech kim tan olmasdi, tuzuk gaplashmasdi. Hozir esa haftasiga kamida 2—3 ta muammo, masalalar ko‘tarilgan xat vazirlik, idoralarga ketyapti. Lekin bizning bitta muammomiz bor: targ‘ibot-tashviqotimiz juda bo‘sh, sust”, — deydi u.

Sarvar Otamurodovning fikricha, ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar saviyasi, kadrlar salohiyati borasida ham ayrim muammolar bor.

“O‘tgan yili biz respublika bo‘yicha madaniy meros obyektlarini inventarizatsiya qildik. Aslida bu ishni Madaniyat vazirligi qilishi kerak edi. Ular byudjetdan bu ish uchun pul oladi, ammo qilmagan. Vazirlik qayerda nima joylashganini ham yaxshi bilmaydi, madaniy meros obyektlari joylashuvi bo‘yicha bergan ma’lumotlarning 30—40 foizi noto‘g‘ri, obyektlarning ba’zilari buzilib ketgan. Vazirlik ma’lumotiga qarasak, respublikada taxminan 7480 ta obyekt bor, aslida ular 6975 ta. Qolganlari-chi? Yo‘q, joyi tep-tekis, asfalt yotqizilgan yoki umuman buzilib ketgan. Bundan tashqari, 370 ta yangi madaniy obyektni aniqladik. Bu yil hukumatga masala qo‘ydik — bu ishlar uchun avval ajratilayotgan 50 milliard pulni 67 milliardga chiqardik. Mahalliy byudjet xarajatlaridan ortgan pulning bir qismini mazkur muammolarni hal etishga yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qildik”, — deydi partiya rahbari.

Sarvar Otamurodovning ta’kidlashicha, ba’zi madaniy meros obyektlarining kadastr hujjati yo‘q, davlat muhofazasiga olinmagan. Misol uchun, Surxondaryo viloyatida joylashgan XVI asrda qurilgan qadimiy Abdulazizxon madrasasini omborxona qilib qo‘yilgan. Partiya vakillari bu hududni topib, o‘rganib, rasmlar, xulosalarni Madaniyat vazirligiga topshirgan, hozirda bu borada ishlar olib borilmoqda va 2019-yil oxirigacha bu muammo hal etilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют