» » Sarvar Otamurodov: “Xulqi og‘ir bolalar uchun mo‘ljallangan maktablarda homilador qizlar bor”

Sarvar Otamurodov: “Xulqi og‘ir bolalar uchun mo‘ljallangan maktablarda homilador qizlar bor”


O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Sarvar Otamurodov Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini tanqid qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Partiya yetakchisining so‘zlariga qaraganda, “Milliy tiklanish” partiyasi vakillari Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent viloyatlaridagi tarbiyasi og‘ir bolalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta maxsus maktabga borib vaziyatni o‘rgangan.

“Ahvol kriminal bo‘lib yotibdi, davlat byudjetidan ajratilgan pullar talan-toroj. O‘zi shundoq ham xulqi yomon bolalar orasida muhit juda achinarli, homilador yosh qizlar bor, u sharoitlarda odam yashay olmaydi. Maktabni bitiraman, deb turgan yoshlar harf tanimaydi, o‘z ismini ham yoza olmaydi”, — deydi u.

“Bu juda achinarli, vaziyatni o‘rganib boshimiz qotib qoldi. Qani bu yerda Xalq ta’lim vazirligining mas’uliyati, nega bu muammolarga yetib borishmayapti? Bu savollarga javob so‘raydigan vaqt ham keldi. Biz bu maxsus maktablardagi muammolarni hukumat, bosh vazir darajasigacha olib chiqdik, prokuratura organlari ham shug‘ullandi. Hozir biroz bo‘lsa-da vaziyat yaxshilanmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Otamurodov.

Avvalroq Qo‘qondagi maxsus, salomatligi va xulqida nuqsoni bor qizlar ta’lim oladigan kollejning 16 yoshli o‘quvchisi homilador bo‘lib qolgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, fevral oyida Toshkentdagi maktablardan birining 8-sinfida o‘qiydigan qiz homilador bo‘lib qolgani ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2019, 23:14)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют