» » Bundesliga. Marko Roysning so‘nggi daqiqalarda kiritgan goli “Borussiya D”ga g‘alaba keltirdi (video)

Bundesliga. Marko Roysning so‘nggi daqiqalarda kiritgan goli “Borussiya D”ga g‘alaba keltirdi (video)


16-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 26-turi doirasida navbatdagi 5 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi safarda “Herta” mehmoni bo‘ldi.

Bellashuvning 4-daqiqasidayoq mezbon jamoa a’zosi Salomon Kalu hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tib Tomas Dileyni hisobni tenglashtirdi (1:1). 35-daqiqaga kelib esa Salomon Kalu “Borussiya” darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol qildi va dublga erishdi (2:1). 47-daqiqada Den-Aksel Zagadu Jeydon Sancho uzatmasini golga aylantirdi (2:2). O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Marko Roys g‘alaba golini urdi va jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.

Bundesliga

26-tur bahslari

16-mart, shanba

Gol: 0:1 — 14 Verner

Gollar: 0:1— 42 Kramarich, 1:1— 66 Suber

Gollar: 0:1 — 8 Veydandt, 1:1 — 65 Kordova, 2:1 — 78 Shmid, 3:1 — 86 Xan

Gollar: 0:1 — 30 Ayxan, 1:1 — 34 Mehmedi, 2:1 — Vegxorst, 3:1 — 57 Knoxe, 4:1 — 59 Vegxorst, 4:2 — 65 Raman, 5:2 — 88 Vegxorst

Gollar: 1:0 — 4 Kalu, 1:1 — 14 Dileyni, 2:1 — 35 Kalu, 2:2 — 47 Zagadu, 2:3 — 90 Roys

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют