» » Pak Kin Xe o‘zi egallab turgan prezident qarorgohini tark etadi

Pak Kin Xe o‘zi egallab turgan prezident qarorgohini tark etadi


Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan chetlatilgan Pak Kin Xe 12-mart, yakshanba kuni kechki payt Seul markazidagi o‘zi egallab turgan davlat qarorgohini tark etadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Yonhap agentligiga ko‘ra, Pak Kin Xe poytaxtning Samson-don dahasidagi shaxsiy uyiga ko‘chib o‘tishi uchun deyarli hamma narsa tayyor. Sobiq prezident bundan avval bayonot berishi haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 10-mart kuni Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi Pak Kin Xe impichmentini tasdiqladi. Buning oqibatida u prezidentlik immunitetini yo‘qotdi va jinoiy ta’qib nishoniga aylanishi mumkin.

Bu mamlakat prokuraturasiga Pak Kin Xeni tergovni qiziqtirayotgan ko‘plab masalalar, xususan, dugonasi Chxve Sun Sil bilan bog‘liq korrupsiyaviy mojaro bo‘yicha so‘roqqa tutish imkonini beradi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-03-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют