» » Italiya sobiq bosh vaziri: Radioaktiv modda oqibatida o‘lim topgan modelni tanimayman

Italiya sobiq bosh vaziri: Radioaktiv modda oqibatida o‘lim topgan modelni tanimayman


Italiya sobiq Bosh vaziri Silvio Berluskoni vafot etgan model Iman Fadilni hech qachon tanimaganligini ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Iman Fadil Berluskoni asosiy figuranti bo‘lgan voyaga yetmaganlar xizmatidan fohishalikda foydalanilgani haqidagi sud ishida guvoh sifatida ishtirok etgan.

Taxminlarga ko‘ra, 34 yoshli model “radioaktiv moddalar aralashmasi”dan zaharlangan. Bundan oldin u kasalxonada “bir oylik azob-uqubat”ni boshdan kechirgan.

“Men yoshlar o‘limi haqida eshitganimda juda qayg‘uga tushaman. Biroq men bu ayol bilan hech qachon tanish bo‘lmaganman va gaplashmaganman”, — dedi Berluskoni.

U shuningdek Fadilning sud ishida bergan ko‘rsatmasini “o‘ylab topilgan va yolg‘on” bo‘lganligini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют