» » Turkiya Niderlandiya rasmiylariga javob choralari bilan tahdid qildi

Turkiya Niderlandiya rasmiylariga javob choralari bilan tahdid qildi


Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim oila va ijtimoiy siyosat vaziri Fotima Betul Sayan Kaya Rotterdamda namoyishchilarga murojaat qilishi va konsullik binosiga kirishiga yo‘l qo‘ymagan Niderlandiya rasmiylari harakatlarini tanqid qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Biz Niderlandiya rasmiylari harakatlariga keskin norozilik bildiramiz. Anqaraning javob choralari qattiq bo‘ladi. Turkiyaga va diplomatik immunitetga ega bo‘lgan vazirga bosim o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Yevropa davlatlaridagi do‘stlarimiz demokratiya va so‘z erkinligi mavzusida mulohaza yuritishni yoqtiradi, o‘zlari esa inson huquqlariga nisbatan hurmatsizlikni namoyish etdi.

Binoli Yildirim, Turkiya bosh vaziri

Turkiya bosh vaziri Rotterdamda yuz bergan hodisani “katta diplomatik mojaro” deb atadi va Niderlandiya hududida yashovchi millatdoshlarini “osoyishtalikni saqlash va fitnalarga uchmaslik”ka chaqirdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-03-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют