» » Zinedin Zidan qo‘l ostidagi “Real Madrid”ning statistikasi qanday?

Zinedin Zidan qo‘l ostidagi “Real Madrid”ning statistikasi qanday?


16-mart, shanba kuni Ispaniya La Ligasining 28-turida “Real Madrid” o‘z maydonida “Selta”ni mag‘lub etdi (2:0).

Bu Zinedin Zidan uchun Madrid klubi boshqaruvidagi 150 va bosh murabbiylikka qaytgandan so‘ng birinchi uchrashuvi bo‘ldi.

46 yoshli fransiyalik qo‘l ostida “Real” 105 marotaba g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 29 marta durang o‘ynadi va 16 ta bahsda mag‘lubiyatga uchragan.

Klub jami 395 ta gol urdi, 44 ta quruq o‘yin o‘tkazdi va o‘z darvozasidan 159 marta to‘p o‘tkazib yubordi. Gollar nisbati bo‘yicha — +236.

Zidan “Qirollik klubi” bilan 9 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, jumladan, Yevropa Chempionlar Ligasida ketma-ket 3 marotaba g‘alaba qozonib, Ispaniya chempionligini ham qo‘lga kiritgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют